Bekmurodov Bobur Mansurovich

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi raisi

Biografiya

Bekmurodov

Bobur Mansurovich Bekmurodov 1985-yil 5-yanvarda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. oʻzbek jamoat va siyosiy arbobi, 2019-yil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputat, 2020-yil 27-iyuldan boshlab "Yuksalish" harakati raisi (ixtiyoriy ravishda). 2024-yil noyabr oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi raisi

2008-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tarjimon-filolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

2010-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha ikkinchi oliy ma’lumotni oldi.

2005-2006 yillarda AQShning “Akademik rivojlanish bo‘yicha hamkorlik” dasturining
O‘zbekistondagi talabasi edi.

2018 yilda u Jon Smit stipendiya dasturi (Buyuk Britaniya) bitiruvchisi bo'ldi.

O‘zbek, rus va ingliz tillarida so‘zlashadi.

Karyera

2006-2007-yillar — “Ipak Yo‘li” UAC Bank investitsiya loyihalari bo‘limi mutaxassisi, marketing va mijozlar siyosati bo‘limining 2-toifali mutaxassisi;

2007-2011-yillar — tanlov koordinatori, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi hududiy bo‘limlari koordinatori;

2011-2013-yillar — Respublika yoshlar bandligini ta’minlash markazi direktori;

2013-2015-yillar — Creative Financial Solutions kompaniyasining korporativ rivojlanish bo‘yicha direktori;

2015-2017-yillar — “Mega Venture” MChJ qo‘shma korxonasi ta’sischisi;

2017-2019-yillar — “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bosh muvofiqlashtiruvchisi, ijrochi direktorining oʻrinbosari;

2018-2020-yillarda xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputati;

2019-2020-yillar — “Yuksalish” umummilliy harakati ijrochi direktori, rais o‘rinbosari;

2020-yil 27-iyuldan — “Yuksalish” umummilliy harakati raisi.

2019-yil dekabr oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovida 126-sonli Beshkent (Qashqadaryo viloyati) saylov okrugidan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputat etib saylangan.

Deputat sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi sifatida O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga qaratilgan qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar, konsepsiya va dasturlarni ishlab chiqish.

2020-yil yanvar oyidan – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish komissiyasining mas’ul kotibi.

2020 yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglik komissiyasi aʼzosi.

2024-yil noyabr oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi raisi

Bayonotlar

“Spravedlivaya Rossiya” partiyasi yetakchisi Mironovning Qozog‘iston va Qirg‘iziston qatorida O‘zbekiston o‘z fuqarolarini Rossiya tomonidan o‘tkazilayotgan “maxsus harbiy operatsiyada” ishtiroki uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi va bu bir tashkilot (EOII) doirasida hamkor mamlakatlar uchun qanchalik to‘g‘ri bo‘lishini so‘roq ostiga olgan.

Bunga javoban Bobur Bekmurodov: "Bizningcha, Mironov bu masalaga salbiy munosabat bildirgandan ko‘ra, o‘z qonunchiligi bilan ishlagani ma'qul.

Chunki, avvalo, Rossiya Federatsiyasining o‘zida yollanganlik uchun jinoiy javobgarlik bor. RF Jinoyat Kodeksining 359-moddasida yollanish uchun jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan. Va unda harbiy nizoda ishtirok etayotgan davlatning fuqarosi bo‘lmagan va bu davlat hududida doimiy yashamaydigan shaxsning  moddiy manffatdorlik yo‘lida harakat qilishi yollanish deb topilishi belgilangan.  

Bundan tashqari, O‘zbekistonning tashqi siyosati boshqalar bilan birga kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik prinsipiga asoslanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 154-moddasida o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanganlik uchun jinoiy javobgarlikka tegishli norma 1994 yilda qabul qilingan.

O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi 154-prim1 modda esa 2003 yilda kiritilgan.

 

O‘zbekiston suveren mamlakat va biz geosiyosiysiy va ayniqsa boshqa davlatlardagi harbiy vaziyatga qarabqonunchiligimizni moslashtiradigan, boshqalar uchun qulay qonunlar qabul qiladigan davlat emasmiz.

 

O‘zbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshiradi" deb munosabat bildirgan.


2023 yilda G‘azodagi vaziyatning taranglashishi to‘g‘risida Bobur Bekmurodov tomonidan "Yaqin sharqdagi vaziyatning yanada keskinlashishi katta mamlakatlaring tarafkashligi oqibatidir.

G‘azodagi Al-Ahli kasalxonasining o‘qqa tutilishi natijasida 1000 ga yaqin odam qurbon bo‘ldi.

Shubhasiz, bu xalqaro huquq va umuminsoniy qadriyatlar chegarasidan chiqishdir. Tinch aholining, bolalarning xun to‘lashini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi.

Bugun geosiyosiy aktorlar mas'uliyatni olishi, siyosiy manfaatlarni talashish, o‘zaro ayblash emas, mintaqada vaziyatni normallashtirish ustida ishlashi shart.

Bugun, ularning ritorikasi qanday qilib urushni qo‘llash emas, qanday qilib urushni to‘xtatish bo‘lishi kerak" deb munosabat bildirilgan.


Bobur Bekmurodov Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini obroʻsizlantirish yoki haqorat qilish maqsadida foto va video tasvirlarni Internetga joylashtirganlik uchun jarima yoki 15 sutka maʼmuriy qamoq bilan jazolanishga oid normani bugungi ochiqlik siyosatiga zid deya munosabat bildirgan. Bizningcha, bu mamlakatda inson huquqlari bilan bogʻliq holatga putur yetkazadi deya ta'kidlagan.


Rossiyalik siyosatchi Zaxar Prilepinning "O‘zbekistonni bosib olish" tahdidli bayonotiga javoban Bobur Bekmurodov: "bu mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat" deya munosabat bildirgan.

Unga ko‘ra Rus siyosatchilarining bunday qarashlari shubhasizki, o‘zbekistonliklar orasida Rossiya Federatsiyasiga salbiy munosabatni kuchaytirmoqda.

Uning tobora kamayib borayotgan nufuzini yanada pasaytirmoqda. Rus siyosatchilari agressiv kayfiyat va so‘zlar bilan do‘st orttirib bo‘lmasligini anglab yetishi zarur. Aynan shunday agressiv harakatlari do‘stona munosabatdagi mamlakatlar bilan aloqalarning yomonlashishiga sabab bo‘lmoqda.

Ikkinchidan, Zaxar Prilepinni bunday harakat O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi haqida qat'iy ogohlantiramiz.

Uchinchidan, Prilepin va boshqa rus siyosatchilari ilgari surayotgan bunday qarashlar illyuziyadan boshqa narsa emas. Kimgadir yoqadimi, yoqmaydimi, O‘zbekiston mustaqil, mustahkam suverenitetga ega mamlakatdir.

Qolaversa, qariyb 60 ming a'zoga ega bo‘lgan Harakat nomidan Rossiya rasmiylarini ittifoqchi mamlakatga nisbatan bunday agressiv bayonotlarga e'tibor qaratishga va batamom chek qo‘yishga chaqiraman.

Prilepin bu gaplari bilan Rossiya Konstitusiyasining o‘zga davlatlar bilan tinch hayot kechirish, ichki ishlariga aralashmaslikni nazarda tutuvchi 79.1 moddasiga zid chiqmoqda.


Mironov Sergeyga.

Birinchidan, biz vatandoshlarimiz boshqa davlatning urushlariga jalb qilinishiga hech qachon rozi bo‘lmaymiz. Konsulligimiz fuqarolarimizni O‘zbekistonda noqonuniy hisoblangan harakatlardan himoya qilishi tabiiy va adolatli.

Ikkinchidan, Vatandoshlarimiz o‘z mehnatlari bilan Rossiyaning iqtisodiyotiga hissa qo'shyapti. Ijtimoiy nafaqalarni inson hayotiga tahdid qiluvchi harakat bilan solishtirish savodsizlik va ahmoqlikdir.

O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi "Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida"gi shartnomaning 7-moddasida shunday deyilgan: "...bir Tomon fuqarolari va yuridik shaxslarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini boshqa Tomon hududida kafolatlaydigan samarali choralar ko‘radilar."

Bizda qonunlar ishlaydi. Sizlarda ham shunday bo‘lishi kerak, o‘rtoq Mironov.

Bunday tajovuzkor ritorika faqat ikki tomonlama munosabatlarga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.