Qashqadaryo viloyatining 63-saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodovning 5-oktabr kuni Qarshi va Nishon tumanlari hamda Qarshi shahrida saylovchilar bilan bir qator uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida 200 nafardan ziyod mahalla faollari va tibbiyot sohasi vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvda Bobur Bekmurodov bo’lajak saylovlarda UzLiDePning saylovoldi dasturida Yangi O‘zbekistonda mahalla institutini aholining turmush sharoitini oshirishdagi rolini oshirish, tibbiyot sohasini 2030-yilgacha mutlaqo yangicha tizimga aylantirish borasida ilgari surilayotgan tashabbus, g‘oya va takliflari bilan tanishtirdi.