Saylovchilar bilan uchrashuvlar

Qarshi san'at ixtisoslashtirilgan maktabida Qashqadaryolik Saylovchilarning O'zLiDeP deputatlikka nomzodning saylovoldi dasturi va saylovga oid savollariga javob berildi

Bekmurodov

11-oktabr kuni Qarshi shahridagi san'at ixtisoslashtirilgan maktabida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodovning ishonchli vakillari va saylovchilar uchrashuvi o'tkazildi.

Tadbir ishtirokchilariga O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasining saylovoldi dasturi, undagi ta'lim tizimi va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilganligi ko'plab tashabbuslar to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Xususan, dastur doirasida dunyoning eng yaxshi 500 ta oliy o'quv yurtlari qatoriga kiruvchi yetakchi xorijiy universitetlar bilan kamida 50 ta qo‘shma ta’lim dasturi va "ikki diplom" tizimini joriy etish nazarda tutilgan bo'lib, bu tashabbuslar O‘zbekistonda professional ta’lim darajasini oshirish va yoshlar uchun xalqaro tajriba hamda chet elda o‘z malakalarini oshirish imkoniyatlarini yaratishga qaratilganligi alohida ta'kidlandi.

Uchrashuvda 40 nafardan ortiq maktab o'qituvchilari ishtirok etdi.