Saylovchilar bilan uchrashuvlar

Qarshi shahrida talabalar bilan uchrashuv o'tkazildi

Bekmurodov

Osiyo texnologiyalar universitetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodovning o'qituvchilar va talabalar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv ishtirokchilari O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasining saylovoldi dasturida yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish, ta'lim sifatini oshirish va uni takomillashtirish bo'yicha ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslar haqida batafsil ma'lumot olish imkoniga ega bo'ldilar.