Saylovchilar bilan uchrashuvlar

"Yangi Batosh" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bekmurodov

14-oktabr kuni Qarshi tumani "Yangi Batosh" mahallasidagi 71-sonli maktabda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlikka nomzod Bobur Bekmurodovning ishonchli vakillari saylovchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda maktabning pedagogik jamoasidan 20 ga yaqin vakillar qatnashdi. Ishtirokchilarga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan saylovoldi dasturi taqdim etildi. Ishtirokchilar ta’lim tizimini takomillashtirish va pedagoglar uchun qulay ish sharoitlarini yaratish xususidagi mavzularga katta qiziqish bildirdi.