14-oktabr kuni Qarshi tumani "G’ubdin" mahallasidagi 1-maktabda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodovning ishonchli vakillari saylovchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda 20 dan ortiq pedagoglar va faol fuqarolar ishtirok etdi. Ishtirokchilarga O'zLiDePning saylovoldi dasturi haqida batafsil ma’lumot berildi va savol-javoblar o’tkazildi. Xususan, saylovoldi dasturida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish kabi tashabbuslarga alohida e’tibor qaratilganligi e'tirof etildi.