14-oktabr kuni Qarshi tumanining "Shoyxo'ja" mahallasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodovning ishonchli vakillari mahalliy aholi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mahalla faollari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilar O'zLiDePning saylovoldi dasturi bilan tanishishdi va savol-javoblar o‘tkazildi. Ta’kidlash joiz, saylovchilarga partiya va nomzodlarning tashabbuslari haqida ma’lumot berishda bu kabi muloqotlar muhim ahamiyat kasb etadi.