15-oktabr kuni Qarshi tumanining "O‘zbekiston mustaqilligi" mahallasidagi 9-sonli maktabda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodovning ishonchli vakillari va saylovchilar uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbirda o‘ttizdan ortiq ishtirokchilar, jumladan, o‘qituvchilar va mahalla faollari ishtirok etdi. Ularga O'zLiDePning saylovoldi dasturi haqida batafsil ma'lumot berildi. Shu bilan birga, saylovchilarga o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati taqdim etildi.