15-oktabr kuni Qarshi tumanining "Mevazor" mahallasidagi 17-maktabda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodovning ishonchli vakillari saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda o‘ttizdan ortiq saylovchilar ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilariga O'zLiDePning saylovoldi dasturi, xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklif etilayotgan tashabbuslar haqida ma'lumot berildi.