15-oktabr kuni Qarshi tumani "Tinchlik" mahallasidagi 22-maktabda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodovning ishonchli vakillarining saylovchilar bilan uchrashuvi o'tkazildi.
Tadbirda mahalla faollari va o'qituvchilar hamda jami 20 dan ortiq kishi qatnashdi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar O'zLiDePning saylovoldi dasturi bilan tanishtirilib, unda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga oid taklif va tashabbuslar haqida ma'lumotga ega bo'ldilar.