Qashqadaryo viloyatining 63-saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodov 5-oktabr kuni Qarshi va Nishon tumanlari hamda Qarshi shahrida saylovchilar bilan bir nechta muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.
Xususan, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida 100 nafardan ziyod qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari, ziyolilar va talabalar ishtirok etgan uchrashuvda Bobur Bekmurodov UzLiDePning saylovoldi dasturida ilgari surilgan Yangi O‘zbekistonda agrar sohani zamonaviy texnologiyalar yordamida yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va suv resurslaridan samarali foydalanish kabi muhim tashabbuslar haqida ma’lumot berdi.