Saylovchilar bilan uchrashuvlar

"Shayxali" mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bekmurodov

16-oktabr kuni Qarshi shahri "Shayxali" mahallasidagi 18-maktabida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlikka nomzod Bobur Bekmurodovning ishonchli vakillari mahalla aholisi bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda 30 nafardan ortiqsaylovchilar ishtirok etib, ularga o‘tgan davrda amalga oshirilgan loyihalar haqida ma’lumot berildi va kelgusidagi rejalar taqdim etildi. Shuningdek, O'zLiDeP partiyasi saylovoldi dasturidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga, qonun ustuvorligini ta’minlashga va fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilganligi bo'yicha ma'lumotlar berildi.