Saylovchilar bilan uchrashuvlar

Deputatlikka nomzodning ishonchli vakillari endi "Yuksalish" mahallasida

Bekmurodov

17-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi "Yuksalish" mahallasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodovning ishonchli vakillari saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Tadbir "Yuksalish" mahallasidagi 1-sonli maxsus kasb-hunar maktabi binosida bo‘lib o‘tdi va unda 20 nafardan ortiq mahalla faollari ishtirok etdi. Uchrashuvda saylovchilar O‘zLiDePning saylovoldi dasturida ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslar haqida ma'lumotlarga ega bo'ldilar.