Saylovchilar bilan uchrashuvlar

"Ulug‘bek" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bekmurodov

17-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati Nishon tumani "Ulug‘bek" mahallasidagi 7-maktabda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodovning ishonchli vakillari saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Tadbirda 15 nafar mahalla faollari ishtirok etdi. Ular O‘zLiDePning saylovoldi dasturi, kelgusi besh yilga mo‘ljallangan rejalar bilan tanishish hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.