Bo‘lajak parlament saylovlari arafasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodovning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda 250 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi. Ular nomzodning so‘nggi besh yil davomida amalga oshirgan ishlari haqida ma'lumot va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Shuningdek,tadbirda O'zLiDePning saylovoldi dasturida mamlakatda ta'lim sifatini yaxshilash, talabalarni qo'llab-quvvatlash va yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini oshirish bo'yicha ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslar haqida ma'lumotlar berildi.