Yaqinlashib kelayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar saylovlari arafasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlikka nomzod Bobur Bekmurodovning yosh saylovchilar bilan saylovoldi tashviqot uchrashuvi bo'lib o'tdi. Tadbir Qarshi davlat universitetida bo‘lib o‘tdi va unda 260 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdi.
Yoshlar Bobur Bekmurodovning o'tgan faoliyati davomida qonun ijodkorligi, ijtimoiy tashabbuslarni ilgari surish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, mamlakatimiz manfaa;tlarini xalqaro siyosiy maydonlarda himoya qilish boasida amalga oshirgan ishlari haqida ma'lumotga ega bo'ldilar.
Uchrashuv yoshlarda qiziqish uyg'otgan holda muhokamalarga boy bo'ldi.
Shuningdek, tadbirda yosh saylovchilarga O'zLiDePning saylovoldi dasturida ilgari surilayotgan muhim tashabbus va takliflar haqida ma'lumotlar berildi.