Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodovning Qarshi shahridagi “Oydin” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Tadbirda 20 nafardan ortiq mahalla ahli va faollar ishtirok etdi. Ularga O’zLiDePning saylovoldi dasturida belgilangan asosiy maqsad va tashabbuslar haqida ma’lumotlar berildi.