Qarshi shahridagi "Maxallot" mahallasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodovning ishonchli vakillari mahalla aholisi bilan uchrashuv o'tkazdi.
Tadbirda 20 ga yaqin saylovchilar ishtirok etdi. Ishonchli vakillar tomonidan saylovchilarga O'zLiDePning saylovoldi dasturida ilgari surilayotgan muhim taklif va tashabbuslar haqida ma'lumotlar berildi. Uchrashuv davomida dasturdagi tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirish kabi asosiy yo'nalishlar muhokama qilindi.
Uchrashuvda mahalla aholisi o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol qatnashdilar.