Qashqadaryo viloyatining 63-saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodov 5-oktabr kuni saylovoldi tashviqotlari doirasida Qarshi va Nishon tumanlari hamda Qarshi shahrida saylovchilar bilan bir nechta muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.
Xususan, Muhammad al Xorazmi nomidagi TATU qarshi filialidagi 40 nafar Qashqadaryolik yoshlar va talabalar bilan tashkil etilgan uchrashuvda Bobur Bekmurodov partiyaning saylovoldi dasturida ilgari surilayotgan yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish, qobiliyatli yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash kabi muhim tashabbus, taklif va g‘oyalari haqida ma’lumot berdi.