Qarshi shahridagi "Otchopar" mahallasida joylashgan 44-sonli maktabda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodovning ishonchli vakillari mahalla aholisi va o'qituvchilar bilan uchrashdi.
Tadbirda 20 ga yaqin saylovchilar ishtirok etdi. Nomzodning ishonchli vakillari tomonidan saylovchilarga O'zLiDePning saylovoldi dasturida ilgari surilayotgan muhim taklif va tashabbuslar haqida ma'lumotlar berildi. Shuningdek, salovchilarga o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati taqdim etildi.