Saylovchilar bilan uchrashuvlar

Deputatlikka nomzodning ishonchli vakillari Qarshilik mahalla raislari bilan uchrashuv o'tkazdi

Bekmurodov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodovning ishonchli vakillari Qarshi shahridagi Nuroniylar maskanida mahalla raislari va faol fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda O'zLiDePning saylovoldi dasturida belgilab olingan 50 maqsad va 500 vazifalarning mazmun mohiyati va asosiy ustuvor yo'nalishlari haqida ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan 50 nafardan ziyod mahalla raislari va faol fuqarolar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo'ldilar.