Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodov Qarshi Muhandislik iqtisodiyot institutida 120 nafardan ortiq talaba yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvda O'zLiDePning saylovoldi dasturida yoshlarga e'tibor, ta'lim tizimini isloh qilish orqali oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish bo'yicha belgilangan maqsad va vazifalarning mazmun mohiyati haqida ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga o'zlarini qiziqtirgan savollarga nomzodning o'zidan javob olish imkoniyati taqdim etildi.