Saylovchilar bilan uchrashuvlar

Deputatlikka nomzod Bobur Bekmurodov Qashqadaryolik saylovchilar bilan birga

Bekmurodov

27-oktabr kuni bo'lib o'tadigan saylov tashviqotlari doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodov Qarshi shahridagi 1-sonli maktabda saylovchilar bilan uchrashdi.

Ushrashuvda 50 ga yaqin maktab o'qituvchilari, mahalla raislari va faol fuqarolar ishtirok etdi.

Tadbirda saylovchilarga O'zLiDePning saylovoldi dasturida yoshlarga e'tibor, ta'lim tizimini isloh qilish orqali oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish bo'yicha belgilangan maqsad va vazifalarning mazmun mohiyati haqida ma'lumotlar berildi.