Saylovchilar bilan uchrashuvlar

"Arabxona" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv

Bekmurodov

23-oktabr kuni Qarshidagi "Arabxona" mahallasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodov saylovchilar bilan uchrashdi.

Tadbirda mahalla oqsoqollari ishtirok etdi. Ular nomzodga savollar berish, so'nggi besh yildagi faoliyati naijalari, shuningdek, kelgusi besh yil uchun O‘zLiDePning saylovoldi dasturida ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslar haqida bilib olish imkoniga ega bo‘ldilar. Dastur beshta aniq maqsadga erishishga qaratilgan 500 ta vazifani o‘z ichiga olgani va unda 2,5 million ish o‘rni yaratish, yalpi ichki mahsulot hakmini aholi jon boshiga 4 ming dollarga yetkazish, 1 mln xonadonli yangi uy-joylar qurish kabi muhim vazifalar belgilab olinganligi alohida ta'kidlandi.