Saylovchilar bilan uchrashuvlar

Deputatlikka nomzodning ishonchli vakillari Nishon tumanidagi faol fuqarolar bilan uchrashdi

Bekmurodov

Saylovoldi tashviqotlari doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodovning ishonchli vakillari bilan Nishon tumani "Janub Mash'ali" mahallasidagi 27-sonli maktabda 40 nafarga yaqin o'qituvchilar, mahalla aholisi va faol fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda saylovchilarga O'zLiDeP va nomzodning o'tgan davr davomida amalga oshirgan ishlari, ilgari surgan tashabbuslari, jamoatchilik loyihalari, shu bilan birga saylovoldi dasturida ilgari surilayotgan asosiy g'oya va tashabbuslari haqida ma'lumotlar berildi.