25-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodovning Turon universiteti talabalari va o‘qituvchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda 70 ga yaqin talaba va o‘qituvchi qatnashdi.
Ularga kelgusi besh yil uchun O‘zLiDepning Saylovoldi dasturi, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslari haqida ma’lumot berildi.