Saylovchilar bilan uchrashuvlar

Deputatlikka nomzod Bobur Bekmurodov Nishon tumanida tibbiyot xodimlari bilan ko‘rishdi

Bekmurodov

Qashqadaryo viloyatining 63-saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodov 5-oktabr kuni Qarshi va Nishon tumanlari hamda Qarshi shahrida saylovchilar bilan bir nechta muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xususan, Nishon tuman Tibbiyot birlashmasida tashkil etilgan uchrashuvda 150 nafardan ortiq mahalla faollari, tibbiyot xodimlari, faol ayollar va yoshlar ishtirok etdi.

Unda Bobur Bekmurodov UzLiDePning saylovoldi dasturida ilgari surilayotgan muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, turli sohalarni tubdan isloh qilishga qaratilgan taklif, g‘oya va tashabbuslar to‘g‘risida ma’lumot berdi.