Saylovchilar bilan uchrashuvlar

Nishon tumani Qirqquloch mahallasi saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Bekmurodov

2025-yil 25-sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov Nishon tumani Qirqquloch mahallasi saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Bu jarayonda tadbirkorning mas’uliyatsizligi sabab, ichimlik suvi quvuri uzib tashlagani tufayli 3 oydan beri maktab, poliklinika va aholi suvsiz qolgani aniqlandi.

Mazkur masala o‘rganilib, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarining ko‘magi bilan quvurlar yangidan yotqizildi va 26-sentyabr suv yetkazish tiklandi.