9-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati Nishon tumanining "Yoshlar diyori" mahallasida Qashqadaryo viloyati 63-saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodovning ishonchli vakillarining aholi bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbirda mahalla faollari, faxriylar va xotin-qizlar ishtirok etdi. Ular O'zLiDePning saylovoldi dasturidagi takliflar, shuningdek, nomzodning tarjimai holi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Jumladan, ishtirokchilarga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar hajmini 30 foizga oshirish, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining o‘rtacha ish haqini ikki baravar oshirish kabi ilgari surilayotgan muhim tashabbuslar haqida ma’lumot berildi.