10-oktabr kuni Qarshi tumani "Yer tepa" MFYdagi 19-maktabda Qashqadaryo viloyati 63-saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodovning ishonchli vakillari va aholi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda mahalla faollari, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlari ishtirok etdi. Ular O'zLiDePning saylovoldi dasturi doirasidagi takliflar haqida batafsil ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Jumladan, 2030-yilga kelib, tibbiyot sohasiga ajratiladigan yillik mablag‘larni ikki baravar oshirish va maktab sinf rahbarlarini moddiy rag'batlantirish tashabbuslari haqida ma’lumotlar berildi.