Saylovchilar bilan uchrashuvlar

Qarshi shahridagi 20-sonli maktabda saylovchilar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Bekmurodov

Keyingi manzil Qarshi tumanining "Mirmiron" mahallasidagi 20-maktab bo‘ldi.

10-oktabr kuni, Qashqadaryo viloyati 63-saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodovning ishonchli vakillari saylovoldi tashviqoti doirasida aholi bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdilar.

Tadbirda mahalla faollari, yoshlar, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlari ishtirok etdi. Bunday uchrashuvlar ishonchli vakillarga nomzodning O'zLiDeP saylovoldi dasturining asosiy jihatlarini tushuntirish, saylovchilarning savollariga javob berish hamda aholining ishonchini mustahkamlash imkonini beradi