Saylovchilar bilan uchrashuvlar

Qashqadaryo viloyat qon xizmati markazida saylovchilar bilan uchrashuv

Bekmurodov

Qashqadaryo viloyat qon xizmati markazida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Bobur Bekmurodovning ishonchli vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 50 dan ortiq tibbiyot xodimlari qatnashdi.

Uchrashuv ishtirokchilari qon donorligi ahamiyati to‘g‘risida aholini xabardor qilishni kuchaytirishni, shuningdek, donorlar uchun mintaqaviy darajada payoklari joriy etish imkoniyatini muhokama qildilar. Donorlik payoklari taqdim etish g‘oyasi allaqachon Respublika qon quyish markazida amalga oshirilgan va hududlarga ham tadbiq etish taklifi ilgari surildi.

Bu kabi tashviqot tadbirlari Oliy Malis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar saylovlari arafasida saylovchilarning xabardorligini va saylovlarda ishtirokini oshirishga hissa qo‘shadi.